Afğoniston janubidagi Qandahor viloyatida sodir etilgan navbatdagi terakt oqibatida 16 kişi halok bölib, 37 kişi jarohatlandi.

«Anadolu» agentligi Qandahor gubernatori matbuot xizmatiga asoslanib xabar berişiça, portlaş mahalliy vaqt bilan soat12:30da Kandvali uyezdida sodir etilgan. Xudkuş terrorçi portlovçi qurilmalar örnatilgan avtomobilni sapyorlar guruhi oldida portlatib yuborgan. 

Manbaning ma'lumotiga köra, qurbonlar orasida tinç aholi vakillari ham bor. 

Portlaş röy bergan yölga olib boruvçi barça yöllar berkitilgan. Portlaş yaqin atrofdagi uylarga va avtomobillarga jiddiy zarar keltirgan. 

Jarohatlanganlarning ayrimlari öta oğir ahvolda qolmoqda. Hukumat qurbonlar soni ortişini istisno etmayapti. 

Uşbu terakt uçun javobgarlikni hozirça heç bir guruh öz zimmasiga olmagan.