Jahon | 09:15 / 23.05.2018
3785
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Venesueladan diplomatlar chiqarib yuborilganiga izoh berdi

Foto: AP /J. Scott Applewhite

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert Venesueladan amerikalik ikki diplomat chiqarib yuborilganiga izoh berdi. Bu haqda idoraning feysbukdagi sahifasida xabar qilingan.

«Biz Maduro rejimining ikki hamkasbimiz haqidagi butunlay yolg‘on iddaolarini to‘la rad etamiz. Bu haqda boshqa hech narsa ayta olmayman», - dedi Nauert.

Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQShning yangi sanksiyalariga javoban amerikalik ikki diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini e'lon qilgandi. AQSh 18 may kuni Venesuelaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilganini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp Maduroga chaqiriq bilan chiqqandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid