Joriy yilda Özbekistondagi maktablarda «Sönggi qönğiroq» tadbirlari ötkazilmaydi. 25 may kuni respublikadagi barça umumta'lim maktablarida «Dunyoda eng katta boylik-yoşlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir» ğoyasi ostida öquv yili yakunlariga bağişlangan tantanali saflaniş tadbirlari bölib ötadi.

Joriy yilda respublikadagi 9628ta umumta'lim maktablarining 475 276 nafar 9-sinf bitiruvçilari 11 yillik ta'lim tizimining 10-sinfiga va akademik litseylarning birinçi bosqiçiga qamrab olinadi.

2017-2018 öquv yilining yakuniga bağişlangan tadbirlar «Qadrdon maktabimiz bağrida öqib-örganiş, doimo izlaniş, yangilikka, taraqqiyot çöqqilarini egallaşga intilib yaşaymiz!» şiori ostida ötkaziladi.

Tadbirlar joriy yilning 25 may kuni respublikaning barça maktablarida ertalab soat 08:30da boşlanadi va soat 10:00da yakunlanadi.

«Tadbirning asosiy ğoyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Dunyoda eng katta boylik-yoşlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir» degan iborasining mazmun-mohiyatini öquvçi-yoşlarga yetkaziş, yoşlar ongida vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinçlik va osoyiştalikka daxldorlik tuyğularini kuçaytirişga qaratiladi», deyiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Tadbirlarda 2017-2018 öquv yilini yakunlaş, kelgusi öquv yilidan boşlanğiç sinflarda haftasiga 5 kunlik öqiş tizimiga töliq ötilişi töğrisida ota-onalar, mahalla va keng jamoatçilikka yetkaziş, 11 yillik umumiy örta ta'lim tizimining mazmun-mohiyatini öquvçi yoşlarga tuşuntiriş, uşbu ta'lim tizimi jarayonida öquvçilarning turli kasb egalari böliş imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berişga e'tibor qaratiladi.

Tadbirlarda öquv yili davomida respublika va xalqaro fan olimpiadalari, musiqa tanlovlari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli iştirok etgan, bilimlar bellaşuvi, innovatsion olimpiada va «Umid nihollari»da faol qatnaşgan öquçilar, a'lo baholarga öqigan, namunali xulqqa ega bölgan, bosqiçli nazorat imtihonlaridan ozod bölgan yoşlar faxriy va maqtov yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Yozgi ta'til kunlarida öquvçilarning böş vaqtlarini töğri va mazmunli taşkil qiliş maqsadida ularni ijodiy va sport tögaraklari hamda dam oliş oromgohlariga jalb etiş; ta'til davrida öquvçilar badiiy adabiyotlarni keng mutolaa qilişlarini tizimli taşkil etiş, bu borada mavjud kutubxonalar imkoniyatlardan unumli foydalaniş; içki turizmni rivojlantirişga qaratilgan dasturlar doirasida mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga oilaviy sayohatlar va dam olişlarini taşkil etiş; yoz mavsumida suv havzalarida çömiliş, yöl harakati qoidalariga qat'iy amal qiliş, yovvoyi va uy hayvonlari bilan muomalada ehtiyotkor böliş yuzasidan tuşunçalar beriladi.