Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞda Özbekiston bilan parlamentlararo aloqalarni ilgari surişga qaratilgan kokus, ya'ni hamkorlik guruhini ta'sis qiliş taşabbusini bildirdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev “Xalq sözi”ga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Özbekiston tarafi Kongressning AQŞ ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tutgan örnini inobatga olgan holda, bu muassasa bilan tizimli ravişda munosabat örnatişga qiziqiş bildirmoqda. Prezidentimiz AQŞda Özbekiston bilan parlamentlararo aloqalarni ilgari surişga qaratilgan kokus, ya'ni hamkorlik guruhini ta'sis qiliş taşabbusini bildirdi. AQŞlik kongressmenlar mazkur taşabbusga katta qiziqiş bilan qarab, bu taklifni yaqin kunlarda körib çiqajaklarini aytişdi. Çunki, ularning fikriça, mazkur hamkorlik mexanizmidan AQŞ Kongressi ham manfaatdordir. Şu sababli Oliy Majlis va AQŞ Kongressi örtasidagi hamkorlik guruhini tuziş maqsadga muvofiqligi qayd etildi», - deya aytib ötgan Safoyev.

Özbekiston prezidentining taşrifi doirasida Vaşingtonda kongressmenlar bilan muzokaralar bölib ötgan. Safoyevning sözlariga köra, avval Kongressdagi suhbatlar, muzokaralar juda oğir ötgan.

«Ilgarigi tajribamdan bilamanki, Kongressdagi suhbatlar, muzokaralar juda oğir ötar edi. Doimo savollar, tanqidiy mulohazalar örtaga taşlanardi. Bu gal — tajribamda birinçi marta Amerika Qöşma Ştatlarida olqişdan boşqa gap eşitmadik», - dedi senator.

Prezident bilan muloqotda bölgan amerikalik senator va kongressmenlar, birinçi galda, Özbekistondagi islohotlarga, jumladan, davlat boşqaruvini takomillaştiriş, demokratiyani, iqtisodiy erkinlikni ilgari suriş borasidagi işlarga yaxşi baho berişgan.
 
«Amerikalik siyosatçining aytişiça, aynan keng kölamli islohotlar evaziga Özbekiston va AQŞ örtasidagi işonç avvalgi davrlardagiga nisbatan keskin mustahkamlandi», - deya aytib ötdi Safoyev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sodiq Safoyev Özbekiston prezidentining bugungi kunda xalqaro miqyosda katta obröga ega ekanligi, eng yetakçi davlatlar rahbarlari tomonidan yuqori hurmat bilan tilga olinayotgani AQŞga taşrifning muvaffaqiyatli taşkil etilişida muhim rol öynagani haqida ma'lum qilgandi.