Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan Olot chegara-bojxona posti rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bajarilgan keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlaridan so‘ng, endilikda mazkur chegara punkti orqali sutka davomida o‘rtacha 700-900 nafar fuqarolarning davlat chegaralari orqali qatnovi hech bir muammosiz amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, bir kunda 250 tadan 400 tagacha yuk va yengil transport vositalari davlat chegarasidan o‘tkazilyapti.
Ushbu chegara-bojxona postining ochilishida viloyat tashkilotlari rahbarlari, bojxona xizmati xodimlari va chegarachilar, Olot va Qorako‘l tuman faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.










