Jahon | 11:12 / 24.05.2018
4143
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdan javob: Venesuela diplomatlari chiqarib yuboriladi

Foto: RIA Novosti /Yevgeniya Novojyenina

AQSh hukumati mamlakatdan Venesuelaning ikki nafar diplomatini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi, bu Karakasning shunday harakatiga javob bo‘ldi, deyiladi Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti bayonotida.

Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, mamlakatni AQShda Venesuela ishlari bo‘yicha ishonchli vakil hamda Hyustondagi bosh konsul o‘rinbosari tark etadi. Diplomatik missiya vakillariga bu talabni bajarish uchun 48 soat muhlat berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQShning yangi sanksiyalariga javoban amerikalik ikki diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini e'lon qilgandi. AQSh 18 may kuni Venesuelaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilganini bildirdi. 

Shundan so‘ng AQSh Venesueladan diplomatlar chiqarib yuborilganiga izoh berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid