Özbekistonda xizmat körsatgan artist, "Döstlik" ordeni sohibi Matyoqub Matçonov Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “Özbekkino”ning feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.
Uyuşmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yönalişlarini belgilaş, yangi badiiy jamoalar tuziş, boy an'analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san'ati maktabini yaratiş, Özbekiston kino san'atini mamlakatimizda va çet ellarda tarğib etiş, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni örnatiş va kengaytiriş, milliy va xalqaro kinofestivallarida iştirok etiş hamda ularni taşkil etiş, kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uçraşuvlar va boşqa tadbirlarni taşkil qilişdir.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Matyoqub Matçonov 1980 yillar örtalaridan özbek teatr va kino muxlislariga yaxşi taniş. U "Şaytanat", "Temir erkak", "Söğdiyona", "Ulfatlar", "Dada", "Arzanda", "Xizmat doirasidan taşqarida ", "Sotqin" kabi filmlardagi rollari bilan kinomuxlislar orasida maşhur. Uç farzandning otasi Matyoqub Matçonov 2011 yili “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan.












