Bu oddiy xatti-harakatlar bir kun kelib sizning hayotingizni qutqarişi mumkin.
Taomga tiqilib qolişdan heç kim suğurtalanmagan. Agar şunday payt yon-atrofingizda biror kimsa bölmasa, bu fojia bilan tugaşi mumkin. Şu bois inson bunday paytlarda öziga özi yordam körsata bilişi muhim.
Asosiysi — vahima qilmaslik va nima qiliş kerakligini aniq biliş.
Yuqori nafas yöllariga begona jismning tiqilişi qisman yoki töliq bölişi mumkin.
Qisman tiqiliş holatida jabrlanuvçi qiyinçilik bilan bölsa-da, nafas olişi, yötalişi va gapirişi mumkin. Töliq tiqilişda esa nafas olişning iloji bölmaydi.

Taomga tiqilganda nima qiliş kerak?
Eng avvalo tinçlanişga harakat qiling. Vahima diqqatni özingizga yordam körsatişga jamlaşga yöl qöymaydi va vaziyatni murakkablaştirgani qoladi, xolos.
Imkon qadar intensivroq yötalişga harakat qiling: bu tabiat tomonidan öylangan asosiy himoya mexanizmidir. Yötalni kuçaytiriş uçun yarim bukiliş mumkin. Bunday holatda qorin böşliği muşaklari yordam beradi.
Aslo yötalni bostirişga urinmang, bu vaziyatni faqat yomonlaştiradi.
"Agar yoningizda közgu bölsa, undan foydalaning: oğzingizni oçing, tilingizni barmoqlaringiz bilan pastki jağ tomon bosib, uni yuqoriga va biroz oldinga torting. Bu közguda tiqilgan jismni köriş imkonini beradi. Begona jismni körsangiz, barmoqlar harakati bilan uni joyidan siljitişga va keyin olib taşlaşga harakat qiling".
Kseniya Vojdalova, DOC+ mobil klinikasi terapevti
Tomoqda tiqilgan narsani ikki barmoq bilan uşlaşga urinmang. Bunday qilsangiz, uni yanada içkariga itarib, bundan-da oğir ahvolga tuşişingiz mumkin.
Nafasingiz siqayotgan bölsa, nima qiliş kerak?
Bu holatda inson öziga özi yordam berişi uçun 1,5 daqiqa vaqtga ega. Şundan keyin aksariyat huşini yöqotadi.
1. Qattiq predmetdan foydalaning













