Qirg‘izistonda 2018 yilning martida tayyorlangan 1464 kilogramm beshbarmoq va 117 metr chuchuk Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar bergan.

Foto: AKIpress

«Qirg‘iz tilekteshtigi» jamoat fondi a'zosi Dana Abdibekovaning so‘zlariga ko‘ra, 25 may kuni kechqurun Ginnes rekordlar kitobi kotibiyatidan javob olingan, sertifikatlar va hujjatlar pochta orqali yuborilishi aytilgan.

«Biz rekord o‘rnatdik», - deya xulosa qilgan u.

Milliy taom va chuchukni tayyorlash uchun 9 bosh ot so‘yildi. Aprel oyi oxirida tashkilotchilar kotibiyatga video va fotosuratlarga ega hujjatlarni yuborib, rekordni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rashgandi.

Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress
Foto: AKIpress