Şu yilning 21 may kuni Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, noma'lum şaxs Beruniy köçasida yaşovçi N.X. boşqaruvidagi  “Kobalt” rusumli avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirib, Çortut mahallasi hududiga yetib kelganlarida N.X.ni kuç işlatiş yöli bilan qörqitib avtomaşinadan tuşirib yuborib, avtomaşinani noma'lum tomonga haydab qoçgan. 

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşovçi Yu.A. sodir etganligi aniqlanib, u avtomaşinani Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumani hududidan ötuvçi “Qarşi-Şahrisabz” yölida haydab ketayotganida IIB xodimlari tomonidan uşlangan.