Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Qiziltom qishlog‘ida qalin qor yog‘ishi oqibatida qishloq aholisi tashqi dunyo bilan aloqasiz qoldi.

Taxminan 100 xo‘jalikdagi 600 nafar aholi yo‘llar yopilib qolgani sababli zarur oziq-ovqat va tibbiy xizmatlarga yetib borolmayapti.

Aholi vakillari Maydanak observatoriyasi va Qiziltom qishlog‘i o‘rtasidagi 10 kilometr yo‘lni qordan tozalashni so‘ramoqda.

Hududda oziq-ovqat yetkazib berish va tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, ayni paytda yo‘llar qordan tozalanmoqda.