“Islom nuri” körsatuvining bugungi mehmoni Özbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bölimi xodimi Isoqjon Begmatov. Suhbat mavzusi Ramazonda zikr aytiş xususiyati va uning savobi haqida.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

- Haqiqatan ham Ramazon oyining nomlari juda köp. Masalan, Qur'on oyi, saxovat oyi, bağrikenglik oyi deyiladi. Mana şulardan biri Ramazon – zikr oyi hamdir. Çunki biz bandalar Alloh taolo bilan özaro robitani boğlaş uçun zikr qilişimiz kerak. Agar Allohni eslamasak, Allohni zikr qilmasak aloqa uziladi. Şuning uçun ham hadisi şariflarda payğambarimiz alayhissalom: “Kim bir narsani yaxşi körsa, köp yodga oladi”, deb marhamat qilganlar. Biz Allohni yaxşi köramiz, deb da'vo qilar ekanmiz, Yaratganni zikr qilmasak, kimni zikr qilamiz...

Allohni zikr qiliş turlarini ham bilib qöyişimiz kerak böladi. Unga zikr qiliş nima bilan böladi, avvalo, uning farzlarini ado etiş bilan böladi. Rözadorlar röza tutgan hollarida eng buyuk zikrni amalga oşirişmoqda. Çunki rözador tilini ğiybatdan, tuhmatdan, çaqimçilikdan tiyadi. Mana şu Allohni zikr qiliş, deganidir. Banda Yaratganni zikr qilsa, undan gunohli işlar çetlaşadi. 

Özbekiston musulmonlari idorasi
masjidlar bölimi xodimi Isoqjon Begmatov

Zikr, asosan, insonning qalbida bölişi kerak. Köpçiligimiz zikrning asl ma'no va mohiyatini tuşunmaganligimiz tufayli uni tildan çiqayotgan takbir, tahlil, istiğfor va duolar, deb bilamiz. Aslida, zikr insonning tilidan boşlansa ham, u bora-bora qalbdan joy egallaşi kerak. Ana şunda buyuk vatandoşimiz hazrat Bahouddin Naqşbandiy rahmatullohi alayh aytganlaridek, Allohning zikri qalbimizda naqş böladi. Çunki naqş bölgan narsa heç qaçon unutilmaydi.

Zikrlarning ham öziga yaraşa maqomlari bor. Ulamolarimiz bir ovozdan ittifoq qilib aytadilarki, zikrning eng afzali Qur'on tilovati. Nega? Çunki u Allohning kalomi. Qur'on öqiş bilan banda Alloh bilan ma'nan suhbatlaşadi. Şu sababdan ham Ramazon oyida har bir mömin-musulmon Yaratganini zikr qilişga yeng şimarib, astoydil kirişişlari kerak. 

Ulamolarimiz yana aytadilarki, zikrlarning eng afzallaridan biri: “La ilaha illalloh” kalimasi. Köçada bölamizmi, işdami, bekor holatlardami, qölimizda tasbeh bölmasa ham şu kalimani takrorlab tursak, Allohni zikr qilayotgan bölamiz. Allohning buyruqlarini bajariş eng oliy zikrlardan biri hisoblanadi. Namoz öqiş Allohning zikri, zakot beriş ham şu maqomga ega. Mömin-musulmonlarga yordam qölini çöziş ham Alloh taoloning zikridir, - dedi I.Begmatov.

Maqola Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasi asosida tayyorlandi.