«Real» Çempionlar ligasida 13-marta ğolib çiqdi. Bu rekord uzoq yillar davomida saqlanib qolişi tayin. Eng yaqin ta'qibçi juda ortda qolgan – «Milan» (7 sovrin). Qolaversa, bu jamoa ançadan buyon Yevropa maydonlarida köriniş bermay qöygan. «Barselona», «Bavariya» va «Liverpul»da 5tadan ğoliblik bor.

Zinedin Zidan – qatorasiga 3 mavsumda Çempionlar ligasida ğolib çiqqan ilk murabbiy sifatida tarixga kirdi. Ikki yarim yil içida u «Real» bilan 9 sovrinni qölga kiritdi: Çempionlar ligasidagi 3 sovrin, Ispaniya çempionatidagi bir ğoliblik, bir Ispaniya Superkubogi, ikki UYeFA Superkubogi va klublar çempionatidagi ikki ğalaba.

Frantsuz mutaxassis 8 finaldan 8tasida ğalaba qozongan. U örtaça har 16 öyinida bitta sovrinni qölga kiritgan. «Real»dagi qisqa muddatli faoliyati davomida Zidan YeÇLda Aleks Fergyuson, Xosep Gvardiola, Joze Mourino, Visente Del Boske, Yupp Haynkes, Ottmar Hittsfeld va Arrigo Sakkidan köproq ğalabalarga erişgan.
Ronaldu beşinçi marta Çempionlar ligasida ğolib çiqdi. Futbol tarixida bunday natijaga heç kim erişmagan. U bir özi «Barselona», «Bavariya» va «Liverpul» kabi jamoalar butun tarixi davomida qölga kiritgan YeÇL sovriniga 8 yilda ega çiqdi. Uning eng yaqin ta'qibçilari Klarens Zeyedorf va Andres Inestada unga yetib oliş imkoniyati yöq, biri futbolçilik faoliyatini yakunlagan, ikkinçisi joriy mavsum yakunida Yevropadan ketdi.

Final öyinidan keyin Ronaldu öziga xos tarzda maqtandi: «Çempionlar ligasini qayta nomlaş kerak, turnirni CR7 Çempionlar ligasi deb ataş töğriroq bölardi. Men yana beşinçi marta ğalaba qozondim, turnirning eng yaxşi töpurari böldim».
Yana ayrim raqamlar:
• Ispan klublari keyingi 5 mavsumda uzluksiz ravişda yevrokuboklarni qölga kiritib kelmoqda. 10 sovrindan 9tasi (5 marta YeÇL va 4 marta Yevropa Ligasii) ispanlarniki böldi. Joriy mavsumda «Atletiko» Yevropa Ligasi finalida ğolib çiqqandi.
• Keylor Navas –Çempionlar ligasi tarixidagi qatorasiga 3 finalda öynagan ilk darvozabondir.












