Bu masalani adliya va moliya vazirliklari 2019 yil 1 iyulgaça hal etişlari kerak. Prezidentning 25.05.2018 yildagi «Nizolarning oldini olişga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida ana şunday vazifa topşirilgan, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, 2010 yilgaça mamlakatimizda davlat notarial idoralarida işlovçi notariuslar bilan bir qatorda xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslar faoliyat yuritgan. Biroq 2010 yil 15 maydan e'tiboran xususiy notariuslar tizimi tugatilgan. Bunga qonun bilan belgilangan normalarni jiddiy buziş, xizmat vakolatlaridan ğaraz maqsadlarda foydalaniş holatlari sababçi bölgan, bu oxir-oqibat «xususiy notarial idoralar atrofida kriminogen vaziyatning paydo bölişiga» olib kelgan (5.05.2010 yildagi PF-4216-son Farmonga qarang).
Şunga qaramay, xususiy notariuslarning yöqligi boşqa turdagi muammolarni keltirib çiqardi. Notariat tizimi öta byurokratlaşib ketdi, uzundan-uzun navbatlar yuzaga keldi, davlat bojlari va tölovlar undiriş şaffof bölmay qoldi. Şu munosabat bilan 2017 yilda xususiy notariuslar institutini tiklaş haqida gapirib qoldilar. Hatto Adliya vazirligi loyiha işlab çiqdi, unga köra 2018 yildan boşlab barça davlat notarial idoralari xususiy şaklga ötişlari kerak edi.
Biroq qaror qabul qilişga şoşilmadilar. Idoralarga ilğor xorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni çuqur örgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat şakliga ötkazişning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritiş vazifasi topşirildi.
Notariuslar xususiy böladimi?
17:16 / 28.05.201815 9422 min










