Turistlarni taşiş uçun möljallangan, siğimi 9 kişidan ortiq bölgan yangi transportdan Respublika yöl jamğarmasiga 2022 yil 1 yanvargaça yiğim undirilmaydi. Bu prezidentning 24.05.2018 yildagi PF–5447-son farmonida nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Ilgari imtiyoz quyidagi tarzda berilar edi: yiğim stavkasi transport vositalari sotib oliş qiymatining 3%i miqdorida etib belgilangan edi (2.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmonga qarang). Bu öşa payt amal qilgan umumiy stavkaga mos kelar, biroq u gipotetik oşirilganda turizm korxonalari ustunlikka ega bölardilar (3% tölaşda davom etgan bölar edilar).
 
Yangi tartibga binoan turizm faoliyati sub'yektlari özlari sotib olgan, mamlakatimizga olib kirilayotgan, turistlarni taşiş uçun möljallangan, siğimi 9 kişidan ortiq bölgan yangi transport vositalarini IIV organlarida röyxatdan ötkazişda 1.01.2022 yilgaça Respublika yöl jamğarmasiga umuman yiğim tölamaydilar.  
 
Eslatib ötamiz, olib kirilayotgan 8 va undan ortiq kişini (haydovçi bilan birgalikda) taşişga möljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari xuddi şu davrgaça bojxona tölovlarini tölaşdan ozod etilgan, bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar bundan mustasno (3.02.2018 yildagi PF–5326-son Farmonga qarang).
 
Hujjat 25.05.2018 yildan kuçga kirdi.