Foto: fifa.com

ŞVeYTsARIYa:
Mustaqilligi: 24 oktabr, 1648 yil
Boşqaruv şakli: Federativ parlamental respublika
Aholisi: 8.6 million (98-örin)
Valyuta: Şveytsariya franki

ŞVeYTsARIYa TeRMA JAMOASI
Konfederatsiya – UYeFA
Federatsiya – Şveytsariya futbol Ittifoqi
Terma jamoa tarkibida eng köp iştirok etgan – Xaynts Xermann (118)
Eng köp gol kiritgan – Aleksandr Fray (48)
Ilk öyin – 1905 yil. 12 fevral. Fransiya - 0:1
Eng yirik ğalaba – 1991 yil. 5 iyun. San Marino - 7:1
Eng yirik mağlubiyat – 1911 yil. 29 oktabr. Vengriya – 0:9

Yevropaning umumfutbol bayramlarida şveysariyaliklar biroz e'tibordan çetda qolsalar-da, mamlakat futboli qit'ada eng qöhnalardan sanaladi. Xususan, Buyuk Britaniyadan taşqarida futbol ilk bor aynan Şveytsariyada öynay boşlangan. 1860 yilda britaniyalik talabalar Lozannada ilk futbol klubiga asos soladilar, 1879 yilda esa hozirgaça mavjud bölganlar içida, mamlakatning eng birinçi klublaridan biri “Sankt Gallen” taşkil topadi. FIFAni taşkil etgan ilk yetti mamlakatdan biri ham Şveytsariya bölgan.

Terma jamoa ilk mundiallardan iştirok etişni boşlagan. Urugvayda ötgan dastlabkisida yöl kira xarajatlari kattaligi tufayli bormagan şveysariyaliklar, 1934 yildagi qöşni Italiya mundialiga borişga pul topişdi. Aslida sabab faqat pul emas, öşanda ularga qarşi saralaş bahslarida raqiblik qilgan Ruminiya maydonga ruyxatda kiritilmagan futbolçini tuşirib yuborgan, buni bilib qolgan taşkilotçilar durangni Şveytsariya ğalabasiga aylantirib bergandi. Final bosqiçida Şveytsariya gollandlarni yenga oldi, ammo çorak finalda musobaqa finalçisi Çexoslavakiyaga imkoniyatni boy bergandi.  

Kattaroq şov-şuv keyingi jahon çempionatida röy berdi. Şveytsariya terma jamoasi turnirning asosiy favoriti bölmiş Germaniyaga qarşi keçgan ikkinçi uçraşuvda (birinçisi durang bölgandi) iroda körsata olgandi. Birinçi bölim oxirlarigaça 0:2 hisobida mağlubiyatga uçrayotgan qahramonlarimiz oqibat hisobni 4:2 ga aylantira oladigan kuçni özlarida topa oldilar. Dunyo hayratda. Çorak finalda vengrlardan mağlubiyat kuzatilgan bölsa-da, öşa ğalabaning özi haqiqiy matonat edi. Mahalliy matbuot uşbu öyinni 13-asrda Şveytsariya mustaqilligiga olib kelgan revolyutsiyaga, futbolçilarni esa öşa revolyutsionerlarga qiyoslay boşladi. Bu ğalaba hatto badiiy adabiyotda ham öz örnini topgandi, Otto fon Valter öz romanlaridan birida öşa öyin radioşarhini asariga kiritgan bölsa, yana bir adib Jovanni Orelli öşa öyinda jamoaning ilk golini kiritgan Valaşekka atab butun bir roman (“Valaşek qöşiği”) yozgandi. Albatta bu ğalaba buyuk edi, ammo bunçalik doston bölişining boşqa, menimça asosiy sababi ham bor bu yerda. Sababi Şveytsariya futboli, aniqroği terma jamoa uzoq davr mobaynida boşqa xalqaro katta yutuqlarni qölga kirita olmagandi.