Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi har yili Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining önta eng ilğor aviatsiya mutaxassisiga Toşkent şahridan uy-joy ajratiş töğrisidagi taqdimnomani körib çiqadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.

Hujjatda belgilanganidek, şarafli kasbning fidoyilari bölgan harbiy uçuvçilarga uy-joylar Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga davlat byudjyetidan ajratiladigan mablağlar hisobidan beriladi.

Mazkur imtiyoz havo sarhadlarimiz qalqonlarining Vatanga sadoqatini, jangovar salohiyatini, professional tayyorgarligini yanada oşirişga xizmat qiladi.










