Falsafaning pragmatizm va funksionalizm oqimlari asosçilaridan biri va yetakçi namoyondasi, Amerika faylasufi va ruhşunosi Uilyam Jyeymsning şunday gapi bor: “Öylarimizning 99 foizi umuman foydasiz, biroq ular baribir hayotimizni nazorat qiladi. Köpçilik fikr yurityapman, deb öylaydi, biroq aslida eski bid'atlarni yangi tartibga qöyadi”.
Odatiy fikr va xavotirlaringizni eslang:
- Qiziq, boşliğim men haqimda nima deb öylar ekan?
- Işimni yöqotsam, nima qilaman?
- U meni sevarmikan?
- Menimça, uning men bilan işi yöq.
- Qölimdan heç nima kelmaydi.
- Nima uçun hayotimda hamma narsa yomon?
- Saraton kasalligi bilan oğrib qolsam nima böladi?
- Işim özimga yoqmaydi, muammo özimdamikin?
- Pulim uçma-uç zörğa yetadi, muammo nimada ekan?
Röyxatni çeksiz davom ettiriş mumkin. Bunday fikrlarning qanday foydasi bor? Heç qanday. Xayollarimizning 99 foizi befoyda.
Şunga qaramay, köpçilik fikr yuritiş tarzini özgartirişni imkonsiz, deb hisoblaydilar. Ular özlarini oqlab, şunday deydilar: “Özimni özgartira olmayman”, “Bu haqida öylaşni bas qilolmayman”.
Aslida buning uçun bor-yöği amaliyot talab etiladi. Bu ham boşqa könikmalarga öxşaş.
“Zöriqişga qarşi yaxşi qurol – bir fikrning örniga boşqasini afzal köriş”, degan edi Uilyam Jyeyms.
Boşqaça qilib aytganda, biz nima haqida öylaş, nima haqida öylamaslikni özimiz hal qilişimiz mumkin.
Qanday fikrlar foydali ekan?
Muammolaringizni yeçiş haqida öylang. Muammo – hozirça javob topilmagan masala xolos.
Olingan bilimlarni özlaştirişga harakat qiling va hayotingizni yaxşi tomonga özgartiriş uçun ulardan qanday foydalaniş mumkinligini öylab köring.
Qolganlariga esa e'tibor bermasa ham böladi. Axir, biz köpinça şu qadar köp öylaymizki, hayot ötib ketayotganini sezmaymiz. Siz bugun tongda quyoş qanday çaraqlayotganini kördingizmi? Qahva ifori yoki yomğirning şovqiniga e'tibor berdingizmi?












