Inson miyasi har kuni 60 mingdan ortiq fikr işlab çiqaradi. Har bir fikr neyronlar örtasidagi elektr signallar hisoblanadi. Ularning faoliyati natijasida dopamin, serotonin, kortizol kabi moddalar ajraladi. Mazkur moddalar esa bizning kayfiyatimiz, xatti-harakatimizni belgilaydi.
Har bir öy va tasavvur aslida ma’lum bir tebraniş çastotasiga ega bölgan energiya şaklidir. Şu sababli biz qanday fikrlasak, atrofimizga öşa fikrga mos voqealar va odamlarni jalb qilamiz.
Ijobiy fikrlar nimalar beradi?
- Xursandçilik: yaxşi fikrlar kayfiyatni kötaradi, serotonin va dopamin kabi “baxt gormonlari”ni faollaştiradi.
- Şukronalik: minnatdorlik hissi içki tinçlikni beradi, stressni kamaytiradi va immunitetni mustahkamlaydi.
- Işonç: ijobiy qaraş insonda kuç va qat’iyat uyğotadi, maqsadlarga erişiş osonroq böladi.
Salbiy fikrlar qanday ta’sir qiladi?
- Qörquv: tez-tez xavotirlaniş asab tizimini zaiflaştiradi, yurak va uyqu muammolariga sabab böladi.
- Ğazab: jahl organizmda stress gormoni – kortizolni ortiqça işlab çiqaradi, bu esa soğliqni yemiradi.
- Hasad: doimiy qiyoslaş va norozilik ruhiy tuşkunlikka olib keladi, insonni öz imkoniyatlaridan çetlaştiradi.
Qanday qilib ijobiy fikrlaşni kuçaytiriş mumkin?
Ijobiy fikrlaş inson ongining eng katta qurollaridan biri. Miya doimiy ravişda tölqinlar çiqaradi va ular magnit singari işlaydi: qanday fikr taratsak, xuddi şunday kayfiyat va voqealar bizga qaytadi. Demak, bugungi öy-xayollarimiz ertangi kunimizga ta’sir körsatmasdan qolmaydi. Şu bois ongni ijobiy energiya bilan töldiriş odatga aylanişi kerak.
Buning eng samarali yöllaridan biri — kundalik şukronalik. Har kuni heç bölmaganda uçta narsani yozib çiqiş, ular uçun minnatdor ekanini eslaş inson kayfiyatini kötaradi va hayotga boşqaça qaraşni örgatadi. Oddiy misol: bugun yaqin insoningizning samimiy sözi, kiçik bir muvaffaqiyat yoki ertalabki çoyning iliqligi uçun minnatdorçilik bildiriş ham ijobiy energiyani kuçaytiradi.
Salbiy fikrlarni töxtatiş ham muhim. Ongimizda “men uddalay olmayman” kabi öy paydo bölsa, darhol uni foydali alternativaga almaştiriş kerak. Masalan, “bu qiyin” örniga “men kiçik qadamlar bilan boşlay olaman” deyiş ongni yengillaştiradi va işonçni kuçaytiradi. Şunçaki töxtaş, fikrni kuzatiş va özgartiriş — ruhiy holatni boşqarişning sodda, ammo kuçli usuli.













