O‘zbekiston | 23:45 / 31.05.2018
8753
1 daqiqa o‘qiladi

Har bir tumanda, har yili muhtoj ayollarga 10tagacha uy-joy beriladi

O‘zbekistonning har bir tumanida har yili muhtoj xotin-qizlarga 6-10ta arzon uy-joylar ajratiladi. 

Bu haqda "Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida shunday deyiladi. 

Qarorda ma'lum qilinishicha, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan uylarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- 25 foiz boshlang‘ich badal xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘i;
- 75 foizi tijorat banklarining imtiyozli kreditlari orqali.

Agar talabgorni kredit qoplashga imkoniyati bo‘lmasa, olingan mablag‘lari - u ishlayotgan tashkilot, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobiga qoplab beriladi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid