Zoyir Mirzayev aholi murojaatlariga e'tiborsizlik qilgan va soxtakorlikka yöl qöygan bir qança rahbarlarni işdan böşatgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, keça, 14 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida mutasaddilarning aholi murojaatlari bilan işlaşi masalasida yiğiliş ötkazilgan. Yiğiliş tanqidiy ruhda ötgan va unda oylab, yillab sarson bölgan fuqarolar «yiğiliş maydoniga» olib kelingan. Köplab rahbarlarning muomala madaniyati, e'tiborsizligi ularning köz öngida oçib taşlangan.
Qayd etilişiça, viloyat hokimi murojaati faqat qoğozda «hal etilgan» fuqarolarga mas'ullar oldida telefon orqali boğlangan. Ayrim murojaatçilar işi hal etilganidan xabari ham bölmagan. Bunga sabab, mas'ullar fuqarolar bilan uçraşmasdan, muammolarni yeçmasdan murojaatlar qoğozda yopib yuborilgan.
Yiğiliş davomida murojaatlarga panja ortidan qarayotgan ba'zi rahbarlar vazifasidan ozod etilgan, ayrimlariga hayfsan e'lon qilingan.

Jumladan:
– Yakkaboğ tumani Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori Oltiyev Bobomurod vazifasidan ozod etilgan (U bir fuqaroning murojaatini 171 kun muddat içida ham körib çiqmagani uçun).
– Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Şahrisabz şahar bölimi boşliği Ziyoyev Jamşid vazifasidan ozod etilgan (Takroriy murojaatlarga ham javob bermagan, oğir şaroitli oilalarga nafaqalar ajratmagani uçun).
– Koson tumani «Elektr tarmoqlari korxonasi» direktori Mirzayev Asror vazifasidan ozod etilgan (Takroriy murojaatlarga ham javob bermagani uçun).
– «Agrobank»ning Çiroqçi tumani filiali boşqaruvçisi Umurzoqov Oybek vazifasidan ozod etilgan (Fuqarolarning kredit sörab qilgan murojaatlariga e'tibor qaratmagani uçun).
– «Agrobank»ning Qamaşi tumani filiali boşqaruvçisi Normurodov Bahrom vazifasidan ozod etilgan (Fuqarolarning kredit sörab qilgan murojaatlariga e'tibor qaratmagani uçun).
– Ğuzor tumani Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori örinbosari Mavjuda Toşpölatovaga 3 oylik iş haqi miqdorida jarima. Agar, fuqaroning murojaati 10 iş kunida ijobiy hal etilmasa, vazifasidan ozod etiş şarti qöyilgan.










