Bugun, 31 may kuni Toşkent şahrida "Milliy estrada san'atining yoşlar ma'naviy, axloqiy tarbiyasidagi örni va san'atkor odobi" mavzusidagi yiğilişi bölib ötdi. Unda "Özbekkonsert" ma'muriyati va özbek san'atining közga köringan xonandalari qatnaşişdi.
KUN.UZ muxbirining ma'lum qilişiça, "Özbekkonsert" rahbari Odiljon Abduqahhorov muqaddas Ramazon oyida san'atkorlar orasida "urf" bölayotgan soqol qöyiş, ijtimoiy tarmoqlarga masjidlardagi suratlarini joylaş, ayol-xonandalarning kiyinişi kabi masalalarga e'tibor qaratdi.

"Darhaqiqat, islom dinida soqol sunnat qilingan. Biroq hozir ayrim san'atkorlar soqoldan öziga imidj yaratiş yölida foydalanişmoqda. Xalq haqiqiy san'atga baho beradi. Islom dini san'atkor tarğibotiga muhtoj emas", - dedi "Özbekkonsert" rahbari.

Şu örinda taroveh namozlariga borgani aks etgan suratlarini öz sahifalariga joylayotgan hamda masjidlarda imomlar bilan tuşgan suratlari tarqalayotganlar, saharlik va iftorlik taomlari suratlari bilan bölişayotganlar tanqid qilindi.
"Ha, san'atkorlarga köplab imkoniyatlar yaratilmoqda. Biroq bu imkoniyatlarni suiiste'mol qilmaslik kerak", - dedi Odiljon Abduqahhorov.
Bundan taşqari, ayol-xonandalarning kiyiniş madaniyati tanqid qilindi. "San'atingizni körsating, nima qilasiz e'tiborni boşqa narsalarga tortib?!", - dedi Abduqahhorov.

Tadbirda şuningdek ustoz san'atkor Azim Mullaxonov ham sözga çiqib, san'atkorlarning yomonotliq bölişi sabablari, qöşiqlarda özbekça ohangni saqlab qoliş kerakligi va ustoz-şogird an'analariga diqqatni qaratdi.

"Mendan köpinça nima uçun san'atkorlarni hamma yomon köradi?" deb söraşadi, çunki ular sönggi vaqtlarda "yulğiç" degan nom olişmoqda, 500 dollar bermasa, maşinadan tuşmaydiganlari ham bor. 2-3 san'atkorni deb hammaga "yulğiç" degan yorliq yopişadi. Insof sari baraka...",













