Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning muxolifatdan 4 gubernator bilan uçraşuviga köra siyosiy mahbuslarni bir kun içida ozod qilişni boşlaşga kelişildi. Bu haqda uçraşuv iştirokçilaridan biri, Taçira ştati gubernatori Leydi Gomes ma'lum qildi.
“Prezident javobi şunday böldi: 24 soat içida siyosiy mahbuslarni ozod qiliş boşlanadi. Biz barça siyosiy mahbuslarning ozod qilinişida iştirok etişga tayyormiz”, deb aytgan Gomes.
Maduro navbatdagi prezidentlik saylovlarida ğolib bölgandan keyin “siyosiy zöravonlik” uçun sudlangan yoki hibsga olingan barça muxolifatçilarni ozod qilişini aytgan. Bu va'daga köra, Suliya ştatida 20 ga yaqin siyosiy mahbus ozod qilingan.









