2018 yilning may oyida iste'mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi örtaça 0,8%ga kötarildi. Şundan, mahsulotlar narxi oy davomida örtaça 0,4%ga hamda xizmatlar 2,1%ga qimmatlaşdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Joriy yilning may oyi davomida xizmatlar tarifi narxlarining ösiş tendensiyasi aprel oyidagi kabi tovarlar narxlarining ösişi sur'atidan yuqoriligini saqlab qoldi.

Tahlil ma'lumotlariga köra, ötgan davr mobaynida asosiy guruhlar böyiça narxlarning özgarişi va ularning iste'mol narxlari indeksi (keyingi örinlarda INI)ning ösişiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasida (f.d.) hamda xizmatlar 0,5 f.d.da ta'sir körsatgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida örtaça 0,2%ga qimmatlaşib, bu esa INIning umumiy ösişiga 0,1 f.d.da ta'sir körsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari içida narxlarning ösişi hamda pasayişi böyiça yetakçilik mos ravişda mevalar (ösiş sur'ati 4,8%) hamda sabzavotlar (pasayişi 13,6%) guruhiga tegişlidir.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan alkogolsiz içimliklar (0,9%) va tuxum (0,4%) narxlari birmunça sezilarli darajada qimmatlaşdi.

Boşqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining örtaça narxlarida jiddiy özgarişlar deyarli kuzatilmadi.

Joriy yilning may oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining ösiş darajasi birmunça barqaror sur'atlarda saqlanib qoldi. Oy davomida narxlar örtaça 0,6%ga qimmatlaşib, bu esa INIning umumiy ösişiga 0,2 f.d.da ta'sir körsatdi.