May oyining sönggi haftasi yurtimizning ayrim şimoliy hududlarida röy bergan tuz böronlari bilan esda qoldi. Buning oqibatida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasining ösimliklari va ekinlariga jiddiy zarar yetdi.  Tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etiş işlarida qatnaşayotgan Özbekiston Resupublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi  bir guruh mutaxassis va olimlarni Xorazm viloyatiga safarbar etdi, deb xabar beradi Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati.

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida bölib ötgan yiğilişda Innovatsiya vazirligi guruhi  yer uçastkalari zarar körgan fermerlar uçun maxsus seminar taşkil etib, amaliy yordam körsatiş çoralarini belgiladi. Vazirlik işçi guruhi özlari bilan olib kelgan  «Biosolvent» va «DAG-1» preparatlari  va ulardan foydalaniş tartibi haqida tuşunça berdi. 

Ta'kidlaş lozimki, mazkur preparatlar özbek olimlari tomonidan yaratilgan. Polimer kompozitsiyali «Biosolvent» kam miqdorda suvdan foydalangan holda tuproqni zararli ionlar va zaharli va erişi qiyin bölgan tuzlardan tozalaş xususiyatiga ega. Ösimliklarga purkaladigan DAG-1 preparati esa biologik faol modda bölib, ösimliklarning immun mexanizmlarini rağbatlantiriş va boşqariş orqali patogenlarga çidamliligini oşiradi.  

Fermerlar bilan savol-javob tarzidagi seminardan söng, amaliy jarayonga ötildi. Ya'ni suv purkovçi traktorga 600 litr aralaşma qöyilib, 2 gektar yerga sepib çiqildi. Olib borilgan preparatlarning qolgan qismi fermerlarga tarqatildi. Bundan taşqari, 27 may kuni bölib ötgan tuz böronidan keyingi tuproq va ösimliklardan namuna olindi. Mazkur namunalar Innovatsiya vazirligi qoşidagi Ilğor texnologiyalar markazida örganilganidan söng, yangi preparatlar yaratiş ustida iş olib boriladi.