BMT Xavfsizlik kengaşida falastinliklarga yordam taqdim etişni nazarda tutuvçi rezolyutsiya loyihasi böyiça ovoz beriş ötkazilmadi, bu AQŞ veto qöyiş haqida tahdid qilganidan söng yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Ta'kidlanişiça, Kuvayt tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihasi böyiça ovoz beriş jarayoni 30 may kuni ötkazilişi lozim edi, biroq bu amalga oşmadi. Hujjatda zöravonlik holati avj olib ketgani tufayli 100dan ortiq falastinlik halok bölgani bilan boğliq çuqur taşviş bildirilgan. Bundan taşqari, Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan «kuçning haddan taşqari qattiq qöllanilişi» qoralanadi.

AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli sözlariga köra, Amerika tomoni BMT XK doimiy a'zosi huquqidan foydalanmoqda va rezolyutsiyaga veto qöyadi, sababi rezolyutsiya loyihasi Yaqin Şarq mintaqasida tinçlikni örnatiş böyiça sa'y-harakatlarga zarar yetkazmoqda, uning ta'rifi esa «ruhan bankrot bölgan bir tomonlama yondaşuvdir».

Ta'kidlanişiça, veto qöyilişi ehtimoliga qaramay, ovoz beriş jarayoni 5 iyun kuni bölib ötişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil falastinliklarga Ramazonda Al-Qudsga kirişni taqiqlagani xabar berilgandi.