Inson organizmida “ikkinçi miya” bor, u içakda joylaşgan, hamda avstraliyalik olimlar uning işlaş prinsipini tuşunişga muvaffaq bölişgan, deb xabar qilmoqda Science Alert.

Enteral (içak) asab tizimi (EAT) köp millionlik neyronlardan iborat bölib, ular oşqozon-içak faoliyati işini tartibga soladi. Bu tizim çetda va miya hamda orqa miyadan iborat bölgan markaziy asab tizimidan alohida tarzda işlaydi.

"Bu aslida mustaqil miyaning özi", - deya ma'lum qildi Flinders Universiteti professori Nik Spenser. Uning qöşimça qilişiça, EATni “birinçi miya” deb atasa ham böladi, sababi bu tizim evolyutsiya davomida markaziy asab tizimidan avval paydo bölgan.

Olimlar ma'lumotiga köra, oşqozon-içak traktining noyob xususiyati şundan iboratki, u öz asab tizimiga ega hamda boş miya va orqa miyadan butunlay mustaqil işlaşi mumkin bölgan yagona içki organ sanaladi.

Mutaxassislar siçqonlarning yöğon içagi neyronlarida elektr impulslarini tahlil qilib çiqişdi hamda EAT qözğatuvçi va töxtatuvçi neyronlarni bir xilda işlatişi mumkin ekanini aniqlaşdi. Ular içakdagi muşaklar qisqarişiga turtki beradi.

Tadqiqot mualliflarining bildirişiça, avval ilm-fanga EATning millionlab hujayralari elektr impulslarini bir vaqtda işlab çiqişi ma'lum bölmagan.