PeRU TeRMA JAMOASI:

Laqabi: Inklar, "Oq-qizillar"
Konfederatsiya: Kanmebol
FIFA reytingidagi örni: 11
Jamoa sardori: Alberto Rodriges
Terma jamoa tarixida eng köp maydonga tuşgan: Roberto Palasios (128)
Terma jamoa tarixida eng köp gol urgan: Paolo Gerrero (32)
Eng yirik ğalaba: Ekvador 9:1 (1938)
Eng yirik mağlubiyat: Braziliya 0:7 (1997)
Janubiy Amerika çempioni: 2 marta (1939, 1975)
Jahon çempionati: Çorak final (1970)
TARIXI
Peruga futbolni 19-asrda britaniyalik immigrantlar va Angliyaga qaytgan peruliklar olib kelişgan. 1859 yilda britaniyaliklar poytaxtda kriket klubini taşkil etadilar va klub kriketdan taşqari regbi va futbol bilan ham ixtisoslaşadi. Bir neça ön yillar mobaynida bu sport turlari Peruning yuqori qatlami uçun ançagina ommabop bölişga ulgurdi.
1912 yilda ilk bor Peru futbol ligasi taşkil topdi, ammo 9 yil ötib, klublar örtasidagi nizolar tufayli yopildi. 1926 yilda çempionat yangitdan taşkil qilindi, oradan bir yil ötib esa, Peru terma jamoasiga asos solindi. Aynan öşa yili peruliklar Janubiy Amerika çempionatida debyut qilib, ilk öyinda Urugvayga 0:4 hisobida boy bergandilar. Ammo keyingi öyinda Peru Boliviya ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozondi.

Peruning ilk oltin davri öttizinçi yillarga töğri keladi. 1930 yilda ötkazilgan ilk mundialga taklif qilingan peruliklar u yerda ikki öyinni ham boy bergan bölişsa-da, Rodillo Negro nomi bilan maşhur bölgan (Peru klublarida töp surgan mahalliy futbolçilarni şunday ataşgandi) uçlik nafaqat Janubiy Amerikada, balki butun dunyodagi eng kuçli uçliklardan biri sifatida e'tirof etilgandi. Öttizinçi yillarda Peru Olimpiadada muvaffaqiyatli qatnaşdi, şuningdek, 1939 yilda Janubiy Amerika çempioni bölişdi. Ammo keyingi ön yillikda Peruda kutilgan rivojlaniş röy bermadi. Köpçilik bu pasayişni mamlakatda röy bergan iqtisodiy krizis va repretsiyalar bilan boğlaydi.
60-yillar oxiridagi ijobiy özgarişlar va JÇ-70 final bosqiçiga yöllanma Perudagi ikkinçi oltin davrni boşlab berdi. Ugo Sotil - Teofilo Kubilyas hujumçilar juftligi bu natijalarning asosiy sababçilari sifatida tilga olindilar. Öşanda Peru çorak finalgaça borişning uddasidan çiqqan va u yerda faqat bölajak çempionlar Braziliyaga imkoniyatni boy bergandilar. Braziliya finalda Italiya ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozonganini eslasak, Peruning 2:4 hisobidagi mağlubiyati uçragani u qadar alamli mağlubiyat emasdi.
Oradan beş yil ötib, Peru öz tarixida ikkinçi bor Janubiy Amerika çempioni böldi. Şuningdek, keyingi yillarda Peru yana ikki marta jahon çempionati final bosqiçlariga yöl oldi. Meksikadagi çorak final terma jamoa uçun haligaça eng yaxşi natija bölib qolayotgan bölsa-da, masalan, 1978 yilgi mundialda ham Peru ikkinçi guruh bosqiçiga çiqişga muvaffaq bölgandi. Tört yil oldin finalda töp surgan Niderlandiya kabi jamoa qatnaşgan guruhda peruliklar birinçi örinni olgandilar.

Ikkinçi oltin davr Meksika-86 saralaşidagi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Şundan söng mamlakat futbol federatsiyasi terma jamoada avlodlar almaşinuvini amalga oşirişga qaror qildi va terma jamoa asosini "Alyans" klubi a'zolari bölgan yoş futbolçilar taşkil qilgandilar. Ammo bu jamoaning keyingi taqdiri köpçilikka ma'lum bölsa kerak. 1987 yilning 8 dekabrida "Deportiva Pukalpa" klubiga qarşi öyinga otlangan "Alyans"ning samolyoti dengizga qulaydi. Aviahalokatdan faqatgina samolyot uçuvçisi omon çiqdi, butun tarkib va murabbiylar vafot etdilar.
Nihoyat, ikki yil oldin Amerika kubogidagi bronza va navbatdagi jahon çempionatiga yöllanma Perudagi uçinçi oltin davrni boşlab bersa, ne ajab.
SARALAŞDAGI JANJALLAR
Peruning saralaş bahslaridagi muvaffaqiyati turli janjalli voqealar bilan davom etdi. Sönggi turda peruliklar Kolumbiya terma jamoasiga qarşi bahs olib bordilar. Bu öyindagi durang Kolumbiyaga mundial yöllanmasini, Peruga esa, ötiş turnirida iştirok etiş huquqini berardi. Biror tomonning mağlubiyati esa, öşa jamoani jahon çempionatidan çetda qoldirardi.

Köpçilik kutganidek, öyin durang bilan tugagaç, ayniqsa, futbolçilarning hatto maydonda bir-birlari bilan kelişib öynaganliklari sezilib qoldi. Vaziyat katta e'tibor va rezonans keltirib çiqargan bölsa-da, yakunda heç qanday çora körilmadi. Isbotning özi yöq edi.
Keyingi voqea esa, terma jamoa yetakçi futbolçisi Xose Paolo Gerreroning doping testi bilan boğliq. 36 yoşli futbolçining natijasi ijobiy çiqdi va u FIFA tomonidan 14 oyga futboldan çetlatildi. Yangi Zelandiyaga qarşi keçgan ötiş öyinlari ham Gerrero iştirokisiz ötdi.
Ammo Gerrero taslim bölmadi. hujumçi Şveytsariyaga uçib bordi va özining aybsiz ekanini isbotlaşga urindi. Hatto Rossiyada guruh bosqiçidagi raqiblari Daniya, Fransiya va Avstraliya terma jamoalari sardorlarini ham jalb etib, diskvalifikatsiyani surdirişga muvaffaq böldi. Demak Paolo Gerrero jahon çempionatida iştirok etadigan böldi.

Nihoyat, Yangi Zelandiyaga qarşi ötiş öyinlari ham tinç ötmaganini ta'kidlaş kerak. Mahalliy muxlislar yangi zelandiyaliklarning öyinga tayyor holda bölmasliklari uçun qöldan kelgan işni qildilar. Avvaliga, futbolçilar yaşagan mexmonxonaning şundoq yonginasida pirotexnika vositalarini portlatişdi. Hatto aytişlariça, qanaqadir sehr işlatişga ham harakat qilişgan ekan.
Nima bölgandayam, Peruning 1982 yildan buyon ilk marotaba mundialga yöllanma olişi mamlakatda katta voqeaga aylandi. Yöllanma qölga kiritilganda butun mamlakatda dam oliş kuni deb e'lon qilinganini e'tiborga olsak, Peruning jahon çempionatidagi har bir öyini qançalik katta voqe'lik bölişini tasavvur qilsa böladi.
BUGUNGI PeRU
Yuqorida tilga olinganidek, Xose Paolo Gerrero - Peru tarkibidagi asosiy yulduz. Terma jamoa tarixida eng köp gol urgan futbolçi ham aynan Gerrero sanaladi. U öz faoliyatining eng yorqin yillarida Germaniyaga kelgandi va "Bavariya", "Hamburg" kabi klublar tarkibida töp surgandi. Muntazam jarohatlar futbolçiga Yevropadagi jiddiy nomlardan bölişiga halaqit qilganini ta'kidlaş kerak. U şuningdek oğir xarakteri bilan ham maşhur, doim darvozabonlar bilan qöpol töqnaşuvlarda bölgan, hakamlar bilan tortişgan va hatto bir marta muxlislardan biriga butilka otgan edi. Saralaş öyinlarida ham u yetakçilik vazifasini yaxşi bajardi, uning olti goli Peruga kerakli örinni olişiga katta yordam berdi.
Şuningdek, Bundesliga muxlislari Jyefferson Farfanni ham juda yaxşi biladilar. Öz vaqtida "Şalke" safida porlagan tezkor hujumçi sönggi mavsumda "Lokomotiv" safida Rossiya çempioni böldi. "Al Jazira"ga ketgaç, Farfanning yulduzli davri ortda qolganini taxmin qilgandik, hatto terma jamoaga ham çaqirilmay qöygandi. Ammo Rossiyada u özining ikkinçi yoşligini boşdan keçirmoqda. Aynan uning Yangi Zelandiya darvozasiga urgan goli Peruning ötiş öyinlaridagi muvaffaqiyatida poydevor bölgandi.

Yoşlardan "Uotford"ning öng qanot yarim himoyaçisi Andre Karriloni alohida qayd etiş kerak. U Portugaliyada, "Sporting" tarkibida ham Yevropaning bir qator klublari nazariga tuşib ulgurgandi. Şuningdek, Kristian Kueva Braziliya çempionatida "San Paulo" tarkibida töp suradi va aytiş kerakki, uşbu klubning asosiy pleymeykeridir. 21 yoşli tayanç yarim himoyaçisi Renato Tapia esa, "Feyyenord" safida Niderlardiya çempioni bölişga ham ulgurdi.
Aynan mana şu futbolçilar Peru terma jamoasining asosiy kuçini taşkil qiladilar.
MURABBIY

Peru terma jamoasining sönggi yillardagi muvaffaqiyati argentinalik mutaxassis Rikardo Gareke nomi bilan boğliqdir. "Yölbars" raqamli murabbiy 2015 yilda Peru terma jamoasini qabul qilib oldi va bir neça oy ötib, Amerika kubogida bronza medalini olib keldi. Endi esa, 36 yillik tanaffusdan söng mamlakatga mundial nafasini olib keldi.
60 yoşli mutaxassis Peruga kelgunça, asosan Argentina klublarida işlagan, "Vales Sarsfild" jamoasini uç marotaba mamlakat çempioniga aylantirgan. Peruliklar bilan tanişçilik joyi esa, u 2007-08 mavsumda Peruning "Universitario" klubida işlab, çempion bölgandi.
JÇ-2018

Rossiyada peruliklarga yuqorida ham tilga olib ötilganidek, Daniya, Fransiya va Avstraliya terma jamoalari raqib böladilar. Dastlabki turda Peru Saranskda, 17 iyun kuni Daniyaga qarşi maydonga tuşadi. Fransiyaga qarşi uçraşuv 21 iyun kuni Yekaterinburgga belgilangan. Guruhdagi sönggi uçraşuv esa, Avstraliyaga qarşi keçadi. Bu öyin 26 iyun kuni bölib ötadi.












