2018 yilning 3 iyun kuni Qatarda amaliy taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Doha şahrida Qatar boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri şayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem Al Tani bilan uçraşdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar, şuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari Özbekiston-Qatar hamkorligini rivojlantiriş, unga köp qirrali tus berişdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar. Şu örinda turli darajalar va şakllardagi aloqalarni faollaştiriş, xususan eng istiqbolli yönalişlarni aniqlaş va e'tiborni ularga qaratiş imkonini yaratadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlar ötkaziş muhimligi qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşiş çoğida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Özbekiston Islom akademiyasini taşkil etiş böyiça Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning muhim taşabbuslarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Vazirlar tomonidan Afğonistondagi vaziyatni tinç yölda hal qiliş böyiça xalqaro konferensiyada 2018 yil 27 mart kuni qabul qilingan Toşkent deklaratsiyasini amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi. Uşbu konferensiya işida Qatar delegatsiyasi ham iştirok etgan edi.
Uçraşuvda boşqa dolzarb masalalar ham körib çiqilgan.








