Özbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan aholini biometrik pasport bilan ta'minlaş muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilanganligi sababli, biometrik pasportga ega bölmagan fuqarolar uşbu muddatni kutmasdan doimiy röyxatdan ötgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etişlarini söragan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, aholining aksariyat qismi internet tarmoğidan foydalangan holda köplab ma'lumotlarni olişini inobatga olib, Facebook ijtimoiy tarmoğida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasining rasmiy sahifasi yaratilib, joriy yilning 1 may kunidan foydalanilmoqda.
Şuningdek, fuqarolarni doimiy yaşaş manzillaridagi şahar, tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari tomonidan aholiga körsatiladigan davlat xizmat turlariga qarab taqdim etiladigan hujjatlar röyxatini oliş uçun fuqarolarga yanada qulayliklar yaratiş maqsadida, Telegram ijtimoiy tarmoğidagi @PassportInfoUz botida zarur böladigan ariza, blanklar hamda boşqa zaruriy hujjatlar röyxatini oliş imkoni mavjudligi töğrisida axborot ma'lumotlari ham joylaştirilgan.
Bundan taşqari, dpm.uz yangilangan veb-saytida biometrik hujjat oliş uçun ariza anketalarni töldiriş, anketani yuklaş, elektron talabnomani holatini kuzatiş, biometrik hujjat oliş uçun kvitansiya generatsiya qiliş hamda biometrik hujjat oliş uçun elektron navbatga qöyiş, Özbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarga harakatlaniş hujjati oliş uçun davlat bojini “CLICK” elektron tizimi orqali tölaşning 3 ta usuli haqidagi ma'lumotlar hamda Toşkent şahar va Toşkent viloyatida Özbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi böyiça hisobga olişni rasmiylaştiriş, Elektron manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etiş xizmatlari işga tuşganligi töğrisidagi ma'lumotlar sahifaga joylaştirilgan.








