Xitoy Xalq Respublikasining Şensi provinsiyasi Sian şahri munitsipal tijorat boşqarmasi boş direktori Lyu Xeçjun boşçiligidagi bir guruh tadbirkor va işbilarmonlardan iborat delegatsiya “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
U yerda xorijiy mehmonlarni Jizzax viloyat hokimi E.Saliyev, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi vakillari, viloyat investitsiyalar böyiça boş boşqarmasi boşliği Ş.Inomov hamda viloyatning boşqa taşkilotlari mas'ul xodimlari kutib olişdi.

Delegatsiya a'zolari “Jizzax” EIZda faoliyat körsatayotgan korxonalarda bölib, u yerda xorijiy investorlar uçun keyingi yillarda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan yaqindan tanişişdi.
“Jizzax” EIZ ma'muriy binosida bölib ötgan taqdimot marosimida delegatsiya a'zolariga Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, qişloq xöjaligi va sanoat sohalaridagi imkoniyatlari, mavjud mineral resurslar zaxiralari töğrisida ma'lumot berildi. Mehmonlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga töliq javob olişdi.

Şundan söng viloyat hokimi E.Saliyev va Şensi provinsiyasi Sian şahri munitsipal tijorat boşqarmasi boş direktori Lyu Xeçjun va “Da Mingun” quriliş materiallari sanoat korporatsiyasi vitse prezidenti Yan Xuanin tomonidan “Jizzax” EIZ hududida “Çanan” Örta Osiyo sanoat kompleksi qurilişi” loyihasini amalga oşiriş böyiça strategik hamkorlik töğrisida Memorandum imzolandi.

Loyihaning umumiy qiymati 520 mln yuan yoki 81,5 mln AQŞ dollarini taşkil etadi. Bundan taşqari, yaqindagina ”Jizzax” EIZ bilan “Örta Osiyo Triumf” korxonasi örtasida 20,0 mln dollarlik metallprokat işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş böyiça ham Memorandum imzolandi.







