Turkiyalik maşhur karikaturaçi, 69 yoşli Nuri Kurtjyebe mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni haqorat qilgani uçun hibsga olindi. Bu sud uning hukmga apellyatsiyasini rad etgaç yuz berdi, deb xabar qilmoqda Hurriyet gazetasi rassomning advokati Ahmad Ermem Akyuzga asosan.
Avvalroq, Kurtjyebe bir yil, ikki oy va 15 kunlik qamoqqa hukm qilingandi. Bunga 2015 yilda Aydınlık gazetasida e'lon qilingan Erdöğanga karikatura sabab bölgan.
Kurtjyebe Turkiya şimoli-ğarbidagi Yalova viloyatida qölga olindi hamda rasmiy jarayonlardan söng qamoqqa olib ketildi.
Turkiyada prezidentni haqorat qilganlar jarimaga yoki bir yildan tört yilgaça bölgan qamoq jazosiga hukm qilinadi.












