Yamaykalik maşhur atlet Useyn Bolt Norvegiyaning «Stryomsgodset» klubi tarkibida debyut öyinini ötkazdi.

31 yoşli sobiq sprinter Norvegiya ösmirlar terma jamoasiga qarşi ötkazilgan örtoqlik bahsining 71-daqiqasida zaxiradan maydonga tuşdi va darvoza tomon bitta zarba yölladi. Öyin «Stryomsgodset»ning 0:1 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi.

Avvalroq, Bolt Dortmundning «Borussiya» va Janubiy Afrikaning «Mamelodi Sandaunz» klublarida maşğulot ötkazib, professional futbolçilik faoliyatini boşlaş niyati borligini aytgan edi.