Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasida “Filmning ommaviy namoyişini amalga oşirişga ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, filmni ommaviy namoyiş qiliş uşbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjud bölgan taqdirda amalga oşiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topşiriqlari bilan ommaviy namoyiş qilinadigan filmlar;
davlat buyurtmasiga asosan yaratilgan filmlar;
festivallarga, seminarlar, retrospektiv namoyişlar va boşqa şu kabi madaniy tadbirlar uçun xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan (yetkazib berilgan) filmlar;
şaxsiy maqsadlarda oilaviy köriş uçun tayyorlangan, ommaviy namoyiş qilinmaydigan filmlar.
Quyidagilar filmning ommaviy namoyişini amalga oşirişda ruxsat beriş talablari va şartlariga tegişlidir:
filmning ommaviy namoyişini amalga oşirişda qonun hujjatlariga, jumladan, tadbirkorlik faoliyatida ruxsat beriş tartib-taomillari töğrisidagi, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisidagi, filmlardan foydalanganlik uçun mualliflarga haq tölaş töğrisidagi, bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etiş;
kinoteatrlar, kinozallar va boşqa maxsus jihozlangan binolarda (joylarda) filmning ommaviy namoyişini amalga oşirişda aholiga kinovideo xizmati körsatiş tartibiga rioya qiliş;
filmda zöravonlikni, pornografiyani tarğib qilmaslik, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinçligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni xamda Özbekiston haqida notöğri axborot tarqatişi hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib körsatmaslik;
filmda insonlarning ongiga va (yoki) ularning ruhiy salomatligiga zararli ta'sir körsatadigan yaşirin körinişdagi sahnalar yoki boşqa texnik usullarning bölmasligi.
Ruxsatnoma olingunga qadar ariza beruvçilar va boşqa şaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmoqlarida, afişa stendlarida filmning ommaviy namoyişini ötkaziş joyi, sanasi va vaqti töğrisida e'lon qilişga çiptalarni sotişga haqli emaslar.
Filmning ommaviy namoyişini amalga oşirişga ruxsatnoma oliş uçun ariza beruvçi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:







