2018 yilning 6 iyunida Özbekistonda "Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik töğrisida"gi qonun loyihasi muhokama uçun taqdim etildi. 7 iyun kuni Xalqaro Press-klub, Madaniyat vazirligi va uning qoşidagi Madaniyat va san'at fondini rivojlantiriş fondi hamkorligida ötgan "Metsenatlik - yangi an'ananing şakllanişi" sessiyasida uşbu qaror loyihasi böyiça fikrlar almaşildi va xorijiy malakali mutaxassislar tajribasi taqdimoti ötkazildi.

Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, yangi qonun loyihasida Metsenatlik faoliyati va Madaniy homiylik tuşunçalariga aniqlik kiritildi.

Foto: Xalqaro Press-klub

Mesentalik faoliyati - bu benetsiar (pul mablağlarini qabul qiluvçi yuridik yoki jismoniy şaxs) tomonidan Özbekiston Respublikasining moddiy va nomoddiy madaniy merosini taşkil qiluvçi madaniy obektlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida beminnat asosda har qanday mulkiy huquqlarning berilişi, pul qiymatiga ega işlarning bajarilişi, xizmatlarning taqdim etilişi.

Madaniy homiylik - metsenat tomonidan metsenatlik faoliyatining yuridik şaxs şaklida soliq imtiyozlariga ega böliş evaziga amalga oşirilişi.

Soliq idoralarida röyxatdan ötgan madaniyat va san'at, ilm-fan va ijod, ta'lim sohalarida faoliyat yuritayotgan har qanday davlat, nodavlat notijorat taşkilotlari metsenatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin. Asosiysi, ularning faoliyati Özbekiston Respublikasi madaniy boyliklari va ma'naviy merosini saqlaş hamda rivojlantirişga yönaltirilgan bölişi kerak.

Tadbirda şuningdek metsenatlik faoliyatining rağbatlanitiriş tizimi haqida ham ma'lumot berildi.

Unga köra, har yili metsenatlar uçun Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan maxsus mukofot taqdim etiladi (madaniy homiylik bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar bunday mukofotlarga da'vogarlik qila olişmaydi). Mamlakat madaniy merosiga mansub bölgan madaniy qadriyatlarni xarid qilgan şaxslar maxsus mukofotlar va rağbatlantiriş şakllariga ega bölişadi. Benefitsiar metsenatga bir yilda bir marta rağbatlantiruvçi mukofot taqdim etiş huquqiga ega, bunda mukofot hajmi metsenatdan olingan yordam qiymatining 20 foizidan oşmasligi kerakligiga e'tibor qaratiladi. Benefitsiar metsenatlik faoliyati doirasida metsenatning ismi şarifi, nomi, logotipi yoki boşqa identifikatsiya şaklini eslatiş huquqiga ega.