"BTS Express Cargo Servis" MÇJ tomonidan BTS Express "Ilm uchun" nomi ostida 13 nafar talaba yoşlar uchun grant miqdori 39 million söm bölgan grant e'lon qilindi.

Tanlovda Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan Oliy ta'lim muassasalarining tibbiyot, pedagogika va oliy diniy ta'lim muassasasida tölov-kontrakt şakli asosida kunduzgi ta'limda tahsil olayotgan 1, 2 va 3-bosqiç talabalari iştirok eta oladi.

Ğolibni tanlaşda e'tiborga olinadigan jihatlar: özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan yetim, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga ustunlik beriladi.

Tanlov böyiça röyxatdan ötiş joriy yilning 30 may sanasiga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, Kun.uz naşri Metsenat.uz loyihasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi va saytda e'lon qilinayotgan barça grant hamda stipendiyalarni tarğib qilişga kömaklaşadi. Şu örinda yurtimizdagi barça korxona, taşkilot, kompaniyalar hamda saxovatpeşa tadbirkorlarni ilm-fanga, ta'limga beminnat homiylik qilişga çorlab qolamiz.