Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Yoşlar akademiyasi tomonidan qişloq xöjaligi sohasida startap va innovatsion loyihalarga ega bölgan yoşlarning taşabbuslarini qöllab-qövvatlaş va şu orqali yoşlarning bandligini ta'minlaş maqsadida «Qişloq xöjaligida yoşlarning innovatsion loyihalari» tanlovi e'lon qilindi.

Uşbu grantning maqsadi: qişloq xöjaligi sohasiga qiziquvçi va prezident taşabbusi bilan ajratilgan yer maydoniga ega yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning innovatsion startap va loyihalarini moliyalaştiriş hamda hozirda davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanmiş yoşlar bandligini ta'minlaş masalasini hal etiş.

Uşbu tanlovda qatnaşiş şartlari qanday?

Birinçidan, iştitirokçilar 40 yoşdan oşmagan bölişlari, ikkinçidan, imtiyozli şartlarda yer maydoniga ega bölişlari lozim. Va eng sönggisi, öz loyihalari yoki startaplarini taqdim qilişlari talab etiladi.

Tanlovga loyihalar quyidagi yönalişlar böyiça qabul qilinadi:

  1. Suv tejovçi texnologiyalarni qişloq xöjaligida işlatiş;
  2. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş böyiça innovatsion yeçimlar;
  3. Samaradorligi yuqori bölgan öğitli mahsulotlardan foydalaniş;
  4. Issiqxona faoliyatini taşkil etişning innovatsion usullari;
  5. Boğdorçilik, polizçilik yönalişidagi sönggi texnologiyalar;
  6. Yangi avlod köçatlarni yetiştiriş, köpaytiriş va ekiş;
  7. Qişloq xöjaligiga oid boşqa yönalişlar.

Tanlovda iştirok etiş uçun qanday hujjatlar taqdim etilişi lozim?

  1. Şaxsni tasdiqlovçi hujjat;
  2. Jamoasi töğrisida ma'lumot (agar mavjud bölsa);
  3. Yer maydoni ajratilganini tasdiqlovçi hujjat;
  4. Patent yoki sertifikat (agar mavjud bölsa);
  5. Loyiha haqida taqdimot (10ta slayddan oşmasligi kerak).

Taqdimotda loyihaning maqsadi, amalga oşiriş usullari, moliyaviy va texnik körsatkiçlari, ajratilgan pul mablaği mazkur loyiha doirasida qanday innovatsion yeçim uçun sarflanişini asoslaş hamda kutilayotgan natija körsatilişi lozim.

Loyihalarning respublikaning 13ta hududi (Toşkent şahridan taşqari) kesimida bölişiga alohida e'tibor qaratiladi va rağbatlantiriladi.