AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyani yana «Katta sakkizlik» tarkibiga qaytarişga çaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Öz navbatida Reuters agentligi Tramp Kanadaning Kvebek şahridagi G7 sammitida Rossiya ham bölişi kerakligi haqida gapirganini xabar qilgan.

«Sizga yoqadimi yoki yöq — bu siyosiy jihatdan ham beadablik hisoblanişi mumkin — ammo biz dunyoni boşqarişimiz kerak. Hozir G7 bor, avval G8 edi, Rossiya haydalgandi, ammo Rossiya qaytarilişi kerak, bizga bu davlat muzokaralar stolida bölgani yaxşi», degan AQŞ prezidenti jurnalistlarga.

Ayni vaqtda «Katta yettilik» Germaniya, AQŞ, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlaridan iborat.

Rossiya uşbu taşkilotga 2002 yildan 2014 yilgaça a'zo bölgan, 2014 yili Qrimni öz tarkibiga qöşib olganidan keyin taşkilotdan çiqarib yuborilgandi.