Metsenatlik töğrisidagi qonunda asosiy e'tibor faqat metsenatlarga beriladigan imtiyozlarga qaratilmaydi. Asosiy maqsad metsenatlik an'anasini yölga qöyişdan iborat. Bularning bari metsenatlarning samarali mexanizmga ega bölişi uçun amalga oşirilmoqda, ya'ni benefitsiarlar metsenatlarga muayyan hisobot berib boradi. Madaniyat vazirligi qoşidagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondi huquqşunosi Anton Kim Xalqaro Press-klubning metsenatlik an'anasiga bağişlangan sessiyasi doirasida şunday bayonot berdi.

"Tasavvur qiling, siz - metsenatsiz. Tabiiyki, siz benefitsiarlardan mablağlaringiz kerakli maqsadlarga sarflanganiga doir hisobot oliş imkoniga ega bölişni istaysiz. Biz aynan şunday mexanizmni közlayapmiz. Bunday hisobotlar ommaviy axborot vositalari yoki benefitsiarlarning saytlarida taqdim etib boriladi", - deydi u. 

Şu örinda ekspert Rossiya qonunçiligida Metsenatlik töğrisidagi qonun tanazzulga uçraganini eslatib ötdi. Uning sözlariga köra, RFda ikki marta - 2008 va 2013 yilda metsenatlik töğrisidagi qonun muhokamaga qöyilgan. "Ikkinçi urinişda qonun qabul qilinganiga qaramay, u amalda ahamiyatsiz. RFning metsenatlik töğrisidagi qonuni heç qanday imtiyozlar taqdim etmaydi", - qöşimça qildi  Anton Kim.

Ma'lumot uçun: Mesentalik faoliyati - bu benetsiar (pul mablağlarini qabul qiluvçi yuridik yoki jismoniy şaxs) tomonidan Özbekiston Respublikasining moddiy va nomoddiy madaniy merosini taşkil qiluvçi madaniy obektlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş maqsadida beminnat asosda har qanday mulkiy huquqlarning berilişi, pul qiymatiga ega işlarning bajarilişi, xizmatlarning taqdim etilişi.