Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qilişiça, 13 may kuni Boş prokuraturada Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining kengaytirilgan yiğilişida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. 

Yiğilişda korrupsiyaviy omillarni aniqlaş va bartaraf etiş böyiça “Andijon tajribasi” asosida barça hududlar tomonidan “yöl xaritalari” işlab çiqilib, ijroga qaratilgani, korrupsiyaning oldini oliş, ayniqsa, maişiy korrupsiyaga barham beriş, hududlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit yaratiş maqsadida yangi mexanizmlarni yölga qöyiş yuzasidan tuzilgan Respublika va hududiy işçi guruhlarining vazifalari birma-bir ta’kidlab ötildi.

Jumladan, hududiy işçi guruhlariga har haftada bevosita bitta hududga çiqqan holda korrupsiya xavf-xatari yuqori bölgan obektlarda korrupsiyaviy omillarni örganiş va ularni bartaraf etiş çoralarini köriş topşirildi.

Respublika işçi guruhi a’zolariga hududlarda amalga oşirilgan vazifalar ijrosini sifatli taşkil etişni nazorat qiliş va har hafta joyiga çiqqan holda bajarilgan işlarni örganib, natijalari yuzasidan tanqidiy muhokamalar ötkazib boriş böyiça reja-grafik işlab çiqiş hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etişga qaratilgan takliflarni tayyorlaş belgilab olindi.

Yiğilişda barça hududlarga işlab çiqilgan “yöl xaritalari” böyiça belgilangan çora-tadbirlarni öz vaqtida sifatli bajariş hamda hududiy işçi guruhlar faoliyatini samarali yölga qöyiş yuzasidan topşiriqlar berildi.