“Tabiiy gaz yetkazib beriş, transportirovka qiliş, taqsimlaş va sotişdagi yöqotişlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma” Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi.
Norma’ning yozişiça, mazkur hujjatda tabiiy gazni truboprovod orqali transportirovka qilişdagi yöqotişlarni hisoblaş usullari, uslublari va maxsus formulalari öz aksini topgan.
U prezidentning 2017 yil 29 maydagi PF–5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari” töğrisidagi farmoniga asosan işlab çiqilgan. Qaror bilan ilğor xorijiy tajribani örgangan holda, energiya resurslarini yetkazib beriş, transportirovka qiliş, taqsimlaş va sotişdagi yöqotişlarni aniqlaş tartibini tasdiqlaş közda tutilgan edi.
U gaz yetkazib beriş, transportirovka qiliş, taqsimlaş va sotiş bilan şuğullanuvçi korxonalar uçun tabiiy gaz sarfi va yöqotişlarini hisoblaşning asosiy usullarini öz içiga olgan. Aytiş kerakki, mazkur korxonalar gaz sarfini rejalaştirişda, gazni hisobga oliş priborlari yöqligi yoki nosozligida hamda gaz sarfi böyiça hisobotlarni yuritişda uşbu yöriqnomani qöllaşlari majburiy sanaladi.
Yöqotişlarni aniqlaş iste'molçiga heç qanday ta'sir qilmaydi, faqatgina sohaga doir maxsus yuridik şaxslarga tegişlidir.
Yöriqnoma “Özbekneftegaz” AJ, “Öztransgaz” AJ va Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelişilgan holda işlab çiqilgan.
Tabiiy gaz yöqotişlari qanday hisoblanadi?
15:43 / 09.06.201813 4092 min












