Dunyoning birinçi raqamli ayol tennisçisi, ruminiyalik Simona Xalep öz faoliyatida ilk bor Fransiya oçiq çempionati – “Rolan Garros”da ğolib böldi. Şuningdek, Xalep “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqada ğolib çiqa olgan.

Xalep finalda AQŞ vakili Sloan Stivensni 3:6, 6:4, 6:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan.

Ötgan yil ham Xalep uşbu musobaqaning finaliga çiqa olgandi, biroq latviyalik Yelena Ostapenkoga yutqazgandi.

Bungaça tennis tarixida faqatgina bir ruminiyalik tennisçi “Katta dubulğa”ga kiruvçi musobaqada ğolib çiqa olgan: 1978 yilda Virjiniya Rujiçi ham Fransiya oçiq çempionatida zafar quçgandi.

Erkaklar örtasida final bahsida Dominik Tim va “Rolan Garros”ning 10 karra ğolibi Rafael Nadal uçraşadi.