Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal Fransiya oçiq çempionati “Rolan Garros” finalida Dominik Timni 6:3, 5:7, 6:1, 6:1 hisobida mağlub etib, uşbu nufuzli musobaqaning 12 karra ğolibiga aylandi.
Uçraşuv 3 soat 1 daqiqa davom etgan.
2018 yilda ham uşbu tennisçilar finalda uçraşişgan va unda ham Nadalning qöli baland kelgandi.
33 yoşli ispan “Katta dubulğa”ga kiruvçi bir musobaqani 12-marta yutgan ilk tennisçiga aylandi.
Uşbu unvon Nadalning faoliyatidagi 82-unvoni va joriy mavsumdagi ikkinçisi böldi.
Ispaniyalik tennisçi Rojyer Federerdan keyin “Katta dubulğa” musobaqalarini eng köp yutgan 2-raqamli tennisçi (18 ta unvon) bölib qolmoqda.












