Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya 600 dan ko‘proq muhojir bo‘lgan gumanitar kemani qabul qilishdan bosh tortdi
Foto: AFP/LOUISA GOULIAMAKI
Italiya ichki ishlar vazirligi 600 dan ko‘proq muhojir bo‘lgan gumanitar kemani qabul qilishdan bosh tortdi va unga Maltaga borishni taklif qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
SOS Mediterranee gumanitar guruhining Aquarius kemasi bortida asosan Italiya va Ispaniya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati tomonidan O‘rta yer dengizida qutqarilgan 629 muhojir bor bo‘lib, ularning barchasi Liviyadan 9 iyunda Yevropa tomon jo‘nashgan.
Biroq Malta ham qutqaruv amaliyotiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ro‘kach qilib, kemani qabul qilishni istamagan.
“Malta hech kimni qabul qilmaydi, Fransiya odamlarni ortga qaytarib yuboradi, Ispaniya o‘z chegaralarini qurol bilan himoyalaydi. Bugungi kundan boshlab Italiya ham odamlar savdosi, noqonuniy migartsiyaga “yo‘q” deydi. Mening maqsadim bu yoshlarga Afrikada va bizning farzandlarga Italiyada tinch hayotni kafolatlashdan iborat”, deb yozgan Facebook’da “portlarimizni yopamiz” xeshtegi ostida Italiyaning yangi ichki ishlar vaziri Matteo Salvini.
Salvini Italiya parlamentiga saylangan, 1 iyunda esa ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. U ushbu qarori bilan Italiyaga noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish va'dasini amalga oshirishga kirishmoqda.
Oxirgi 5 yil ichida 600 mingdan ko‘proq afrikalik muhojir dengiz orqali Italiya sohillariga yetib kelgan.
Mavzuga oid
14:24 / 06.12.2025
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
15:05 / 28.11.2025
Italiya Nord Stream ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Germaniyaga topshirdi
22:08 / 20.11.2025
So‘nggi yo‘llanmalar uchun kurash: Italiya va Turkiya raqiblarini bilib oldi
11:39 / 20.11.2025