Toşkent şahrida tarvuz sotuvçi erkak ma’muriy jazoga tortildi. U begona ayolga şahvoniy şilqimlik qilgan.
Kun.uz örgangan sud hujjatida keltirilişiça, holat 2024 yil 25 iyun kuni bölgan. Çilonzor tumanining Algoritm mavzesi, Zargarlik köçasida tarvuz sotayotgan, 1990 yilda tuğilgan U.I. mast holatda öziga notaniş bölgan xaridor ayolning belidan past qismini uşlab, şahvoniy şilqimlik qilgan.
Sudda söralgan erkak aybiga iqror bölib, qilmişidan puşaymonligini bildirgan hamda suddan unga nisbatan yengillik berişni söragan.
Sud qaroriga köra, U.I. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasida (şahvoniy şilqimlik) hamda 194-moddasining 1-qismida (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.










