UzMobile milliy operatori abonentlari firibgarlarning spam-hujumiga uçradi. Kompaniya öz mijozlariga ogohlantiriş bilan çiqdi.
«Hurmatli abonentlar! UzMobayl abonentlariga firibgarlik qönğiroqlari yuz berayotgani munosabati bilan +882337111* va +881* prefiksiga ega noma'lum raqamlardan ötkazib yuborilgan qönğiroqlar hamda SMSga javob qaytarmaslikni söraymiz», - deyiladi kompaniya tomonidan tarqatilgan xabarda.
Kompaniya SMS va qönğiroqlarga ruxsat söraydigan mobil ilovalarni örnatişda ehtiyotkor bölişni söragan.
Bunday holatlarda quyidagi sxema köp qöllaniladi. Pullik qönğiroqqa ega servislar bor, köp paytlarda bu köngiloçar servislar bölib, ularda xizmatlar telefon orqali körsatiladi hamda qönğiroqning özi uçun qöşimça tölov yeçib olinadi. Bunday servislar reklamasi qönğiroq pullik ekanidan xabardor qiladi.
Firibgarlar şunday servisni röyxatdan ötkazadi va raqamni qönğiroq uçun tölov yeçib olinişi haqida ogohlantirmasdan tarqatadilar.












