Xitoydagi sammit yakunlariga köra, ŞHTga a'zo mamlakatlar umumiy turistik maydonni yaratiş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş uçun sa'y-harakatlarni birlaştiriş va xizmatlar taqdim etiş sifatini oşirişni maqsad qilgani ayon böldi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning fikriça, mazkur yönalişni rivojlantirişning istiqbolli jihozlaridan biri gumanitar hamkorlik, mutaxassislarni tayyorlaşda ta'lim va ilmiy salohiyatni birlaştiruvçi yangi ta'lim loyihasi - Samarqand ŞHT Turizm universitetini yaratiş bölişi mumkin. 

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasidan ma'lum qilinişiça, universitetning asosiy vazifasi ŞHTga a'zo mamlakatlarning turizmni rivojlantiriş va turistik almaşinuvini faollaştiriş yölida ustuvor ahamiyatga ega bölgan mutaxassisliklar böyiça muvofiqlaştirilgan innovatsion ta'lim dasturlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşdan iborat böladi. 

Şuningdek hamkorlikni mustahkamlaş, ta'lim sohasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantiriş, barça faoliyat yönalişlari böyiça hamkorlikni kengaytiriş, talabgor mutaxassislarga ega böliş imkonini taqdim etiş universitetning asosiy vazifalariga kiradi. 

Bundan taşqari, universitet faoliyatida hamkor-OTMlarning iştiroki davlatlararo har tomonlama, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ta'limiy va madaniy hamkorlik aloqalariga yangiça nafas bağişlaydi. 

Universitet faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: konsolidatsiya, sinxronizatsiya, muloqot, özaro hurmat, xilma-xillikni tan oliş, ta'lim orqali işonçga erişiş.

Ta'kidlaş joizki, ŞHT Turizm universiteti turistik sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlovçi mintaqa universitetlari örtasidagi hamkorlikning haqiqiy ösiş nuqtasiga aylanadi.

Yangi OTM oçilişi 2018-2019 öquv yiliga möljallangan, öqiş ikki bosqiçda - bakalavr va magistr böyiça keçadi. Dastlab universitetda asosan Özbekiston fuqarolaridan iborat 100 kişi ta'lim oladi, kelgusida esa geografiya kengaytirilib, ŞHTga a'zo mamlakatlardan ham abituriyentlar qabul qilinadi. 

Şuningdek universitetda OTM va professional kollejlar işçilarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça yagona maydon taşkil etilişi qayd etilgan.