Madridning «Real» klubi sobiq futbolçisi Fernando Yyerro Ispaniya terma jamoasining yangi boş murabbiyi sifatida e'lon qilindi.
Uşbu mutaxassis 13 iyun kuni, jahon çempionati startiga bir kun qolganida iste'foga çiqarilgan Xulen Lopetegi örnini egallaydi. Lopetegining iste'fosiga u çempionatdan keyin «Real»ga boş murabbiy bölişi böyiça kelişuv e'lon qilingani sabab böldi. Yyerro Krasnodarda bugun keçqurun rasman yangi boş murabbiy sifatida taniştiriladi va şundan keyin jamoa bilan maşğulot ötkazadi.
Yyerro «qizil furiya» boşqaruvida 15 iyun kuni Portugaliyaga qarşi birinçi tur uçraşuvida debyut qiladi. Yyerro 2014–2015 yillarda «Real»ni boşqargan, 2016–2017 yillarda «Ovedo» bilan işlagan.
Qayd etiş kerakki, Lopetegi atigi 3 hafta muqaddam Ispaniya terma jamoasi bilan 2020 yilga qadar amalda böluvçi yangi şartnoma imzolagandi. Kutilmaganda «Real» bilan kelişuv tuzilgani Ispaniya futbol federatsiyasini ğazablantirgan.













