Ispaniya terma jamoasi ustozi Xulen Lopetegi «Real»ni boşqaradi.
51 yoşli mutaxassis 2018 yilgi jahon çempionatidan keyin Madrid jamoasini boşqaradi. U bilan 3 yillik şartnoma tuzilgan.«Lopetegi 2018 yilgi jahon çempionatidan keyin «Real»ni boşqaradi. U jamoaga keyingi 3 yil davomida boş murabbiylik qiladi», - deyilgan xabarda.
Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Uning boşqaruvida terma jamoa 19 uçraşuv ötkazgan va biron marta ham mağlub bölmagan (13 ğalaba va 6 durang).
U turli yillarda «Portu» va «Real Madrid Kastilya» jamoalari (2008/09 yilgi mavsum) boşqargan.
Lopetegi «Real»da 1988-1991 yillarda darvozabon bölgan, ammo u madridliklar jamoasi şarafini Ispaniya çempionatida faqat bir öyinda himoya qilgan. 1994-1997 yillarda u «Barselona» safida bölgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bölmagan.
«Real»ni ötgan oy oxirida Zineddin Zidan tark etgandi, u yakunlangan mavsumda jamoasi bilan qatorasiga uçinçi marta YeÇL kubogini qölga kiritdi.
Zidan «Real»ni 2016 yil yanvaridan buyon boşqardi. Uning rahbarligida madridliklar klubi uç marta Çempionlar ligasi, ikki martadan – UYeFA Superkubogi va klublar örtasidagi jahon çempionati, bir martadan Ispaniya çempionati va Ispaniya Superkubogida ğalaba qozongan.












