Mamlakatimizda mustaqilligimizning ilk yillaridanoq ta'lim sohasida amalga oşirilayotgan keng islohotlar sabab,  yurtimizda jahon ta'lim standartlariga mos yetuk oliy öquv yurtlari qatorida  nufuzli xorijiy oliygohlarning filiallari faoliyat yuritmoqda.

Bugun uşbu oliy öquv yurtlarini tamomlagan yoşlar mamlakatimizning turli tarmoqlarida mahalliy  mutaxassislar sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar. 

Foto: Turin politexnika universiteti
Foto: Turin politexnika universiteti

Sanoatning  yuqori tarmoqlari bölgan avtomobilsozlik,  quriliş arxitekturasi va axborot texnologiyalari hamda joriy yildan boşlab aviakosmik injiniring yönalişi böyiça mutaxassislarni yetkazib beruvçi Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti yurtimizdagi nufuzli oliy öquv yurtlaridan biridir.  Hozirda uşbu oliygohda 1000 dan ortiq  talabalar  tahsil olmoqda.  Universitet talabalari hamda professor- öqituvçilari  bir neça yillardan beri xalqaro taşkilotlarning turli dasturlarida faol iştirok etib, har yili Italiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarga almaşinuv dasturi orqali borib öz malakalarini oşirib qaytmokdalar. Bundan taşqari, talabalar Yevropaning dunyoga tanilgan yirik korxona va taşkilotlarida amaliyot ötamoqdalar.

Foto: Turin politexnika universiteti

Şuningdek,  yurtimiz va xorijiy davlatlarda bölib ötayotgan turli körgazma va seminarlarda ham universitet talabalari faol iştirok etib kelişmoqda. Xususan,  International Youth Summit, ICT Week, World Festival of  Youth and Students 2017 in Sochi, Russia,  Astana EXPO 2017  va şu kabi boşqa köplab  körgazmalarda universitetning iqtidorli talabalari öz innovatsion loyihalari bilan qatnaşdilar.